2021-yil 7-dekabrda O`zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n., Xurshid Turg‘unovich Fayziyevning tabrik so‘zi bilan ochib berildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim mudiri, t.f.d., prof. Abdumajid Madraimoning “Qonun ustuvorligi Amir Temur va Temuriylar asosiy tamoyili”, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, t.f.n. Ozoda Rahmatullayevaning “Temur tuzuklari” asarida xalqning huquq va burchlarining kafolatlanishi haqida”, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, f.f.n. Marhabo Sobirovaning “Konstitutsiya va Uchinchi renessans bo‘sag‘asidagi ma’naviy burchlar”, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p.f.n., Nodira Akayevaning “Yoshlar huquqiy ongi, madaniyatini rivojlantirishda Konstitutsiya va qonunlarning o‘rni”, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p.f.n. Nilufar Saydalixodjayevaning “Konstitutsiya kak mexanizm zashiti prav i svobod cheloveka” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Temur tuzuklari o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Tadbir so‘nggida TDPU talabalari uchun muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.









