Barcha tadbirlarga qaytish

«MILLIY ARMIYAMIZ FAXR-IFTIXORIMIZ» MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Seshanba, Yanvar 11, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasasi hamkorligida «Milliy armiyamiz faxr-iftixorimiz» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan maqullangan “Ajdodlar merosi – ma’rifat ziyosi” loyihasi rejasiga asosan tashkil etildi. Tadbir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi To‘lqin Hayitning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbir davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romanida Temuriy shaxzodalarning harbiy mahoratini aks ettirilishi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Ozoda Raxmatullayevaning Temuriylar davrida yozma manbalarda harbiy san’atga doir manbalar”, Temuriylar tarixi davlat muzeyi lektori Abduxamid Mutaliyevning “Amir Temur davridagi harbiy qurollar” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek tadbir davomida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasasi rahbari Muhabbat Shoyusupova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat  tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan maqullangan “Ajdodlar merosi – ma’rifat ziyosi” loyihasi tanishtirildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar uchun  muzey zallari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

 

 

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +998 71 232 02 12
  • E-pochta: temurid@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Tadbir
  • Vaqt: Yanvar 11, 2022 - 11:00 - 12:00
  • O‘tkazilish joyi:100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 1
  • Davomiyligi:60

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.