Barcha ko‘rgazmalarga qaytish

“Milliy uslubdagi taqinchoqlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi

17 Mar 2023 - 24 Mar 2023

2023 yilning 17 mart kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 maydagi PQ-261 sonli qaroriga ko‘ra “2022–2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedov bilan badiiy uchrashuv va uning shogirdlari ishtirokida zargarlik san’ati bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi doirasida “Milliy uslubdagi taqinchoqlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Fasixitdin Dadamuxamedov va uning shogirdlari tomonidan yasalgan zargarlik ijod namunalari o‘rin oldi.

  • Sana 17 Mar 2023 - 24 Mar 2023
  • O‘tkazilish joyi:Toshkent
  • Murabbiylar:Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.