Barcha ko‘rgazmalarga qaytish

Turkiston shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ko‘rgazmasi ochildi

13 Okt 2018 - 15 Yan 2019

Ma’lumki, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga Davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2018 yilning Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” deb e’lon qilishga kelishilgan edi. Shu munosabat bilan Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida joylashgan “Azret Sultan” muzey qo‘riqxonasi rahbariyati tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga Turkiston shahridagi muzey qo‘riqonada ko‘rgazma o‘tkazish haqida murojaat qilingan edi. 2018 yilning 15 martida Ostona shahridagi «Astana-opera» teatrida  Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarning daomi sifatida 5 iyul kuni Turkiston shahridagi “Azret Sultan” muzey qo‘riqxonasida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi durdonalari” nomli foto ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi rahbariyati, xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi vakili hamda muzey-qo‘riqxona xodimlari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Temuriylar tarixi davlat muzey direktori X.T.Fayziyev va “Azret Sultan” muzey-qo‘riqxonasi direktor o‘rinbosari S. Urkinbayev so‘zga chiqdilar. So‘zga chiqqanlar bu kabi ko‘rgazmalar ikki qo‘shni xalq o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, qardosh xalqlar tarixi bilan yanada chuqurroq tanishish imkoniyatini berishini ta’kidlab o‘tdilar.

  • Sana 13 Okt 2018 - 15 Yan 2019
  • O‘tkazilish joyi:New York
  • Murabbiylar:Stanlee crew
  • Davomiyligi:60 Minutes (approximately)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.