| “Amir Temur davlat ramzlarini qabul qilmoqda” deb nomlangan asar M.Nuriddinovga tegishli bo‘lib, matoga moybo‘yoqda 1996 yil ishlangan. Asarda Amir Temurning piri Said Baraka unga davlat ramzlarini: uch xalqali bayroq (tug‘) va do‘mbira topshirayotgani aks etgan. Amir Temurning yuzida mag‘rurlik bilan birga o‘z piriga bo‘lgan hurmati aks etgan. Bu yerda Sohibqiron temir sovut kiygan va boshida oltin toji bilan ifoda etilgan. Ustozi Said Baraka esa ulug‘lik va donishmandlik ramzi sifatida oppoq choponda tasvirlangan. |