Barcha tadbirlarga qaytish

BARHAYOT SOHIBQIRON

Payshanba, Noyabr 4, 2021

“BARHAYOT SOHIBQIRON” Respublika yosh ijodkorlarining ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yil Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan Xalqaro Amir Temur Xayriya  jamoat fondi,  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan “Barhayot Sohibqiron” Respublika yosh ijodkorlarining ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlov 2 bosqichda amalga oshirilgan bo‘lib, 1-bosqichda 100 dan ortiq o‘qituvchilar ishtirok etishdi. 2-bosqichda 50 ta ishtirokchi saralab olindi. Tanlovning yakuniy bosqichida esa ikkita “Oliy o‘rin”, bitta “Birinchi o‘rin”, uchta “Ikkinchi o‘rin” va uchta “Uchinchi o‘rin” uchun ıshtırokchılar bellashıshdı. 

4 noyabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyining kichik majlislar zalida “Barhayot Sohibqiron” Respublika yosh ijodkorlarining ko‘rik-tanlovi ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Xalqaro Amir Temur Xayriya Jamoat Fondi raisi Muhammad Ali, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. Xurshid Turg‘unovich Fayziev va O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi To‘lqit Hayitning “Sohibqiron Amir Temur va yoshlar tarbiyasi strategiyasi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”  gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Baxtiyor Haydarovning “Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi”, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi mudiri Azizjon SHaripovning “Amir Temur siymosi tarixshunoslik va san’atshunoslik talqinida” va O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amir Xudoyberdining “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir so‘ngida “Barhayot Sohibqiron” Respublika yosh ijodkorlarining ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichi g‘oliblariga Xalqaro Amir Temur Xayriya Jamoat Fondi tomonidan ta’sis etilgan “Ko‘krak nishoni”, “Diplom”, “Tashakkurnoma”, “Faxriy yorlik” va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

  • Turi: Tadbir
  • Vaqt: Noyabr 4, 2021 - 10:00 - 11:00
  • O‘tkazilish joyi:Toshkent

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.