Barcha tadbirlarga qaytish

“Temuriylar davrining buyuk siymolari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Juma, Fevral 11, 2022

Joriy yilning 11 fevral kuni Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat  muzeyi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “TEMURIYLAR DAVRINING BUYUK SIYMOLARI” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. Fayziev Xurshid Turg‘unovich tomonidan ochib berildi. Tadbirda respublikamiz va xorijda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy merosini o‘rgangan yirik olimlar, xususan Me’mor Sinon nomidagi Istanbul tasviriy san’at universiteti turkiyshunoslik kafedrasi professori Tanju Seyhanning “Turkiyada boburshunoslik”, Temuriylar tarixi davlat muzeyining bir qator olimlari: t.f.d., prof. Abdumajid Madraimovning “Temuriylar davri miniatyuralarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolarining yoritilishi”, t.f.d., Omonullo Bo‘riyev va muzey bo‘lim mudiri Azizjon Sharipovning “Yozma manbalar asosida Amir Temur, Temuriylar hamda Zahiriddin Muhammad Bobur davlatining hududiy xaritalarini tuzish masalasiga doir”, fil.f.d. Aftondil Erkinovning “Alisher Navoiyning xorijiy qo‘lyozmalari xususida” , Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, fil.f.d. Boqijon Tuxliyevning “Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi g‘azallarni sharhlash masalalari”, Nizomiy nomidagi TDPU kafedra mudiri, t.f.n., dots. Ozoda Rahmatullayevaning “Temuriy malikalarning saltanat rivojidagi o‘rni” va fal.f.n., dots. Marhabo Sobirovaning “Ma’naviyat osmonidagi ikki yulduz” mavzuidagi  ma’ruzalari tinglandi. Tabdir doirasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi kitoblarning kichik ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +998 71 232 02 12
  • E-pochta: temurid@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Tadbir
  • Vaqt: Fevral 11, 2022 - 14:00 - 17:00
  • O‘tkazilish joyi:100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 1
  • Davomiyligi:3 soat

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.