Joriy yilning 9 sentyabr kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi va “Yosh jurnalistlar” maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA” nomli maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n., Fayziyev Xurshid Turg‘unovich tomonidan ochib berildi. Tadbir davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, muzey bo‘lim mudiri, tarix fanlari doktori, professor Abdumajid Madraimovning “Amir Temur va temuriylar maʼnaviyatini o‘rganish tarixidan”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari To‘lqin Hayitning “Yangi O‘zbekiston – xalqimizning baxt-saodati yo‘lidagi yangi imkoniyatlar”, “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi xodimi, shoir Humoyun Akbarovning “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” va muzey katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Ilhomjon Jamolhojining “Mustaqillik yillarida maʼnaviy hayot” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, “Yosh jurnalistlar” maktabi o‘qituvchisi D.To‘xtaxo‘jayeva hamda D.Mo‘minovalar rahbarligidagi o‘quvchilarning badiiy chiqishlari tadbirga yana-da ko‘taringi ruh baxsh etdi. Tadbir so‘ngida yosh jurnalistlar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.







