Barcha tadbirlarga qaytish

“Sohibqiron Amir Temur – temuriylar renessansi bunyodkori” mavzuida Xalqaro onlayn-ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi!

Juma, Aprel 9, 2021

Soxibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi hamkorligida “Sohibqiron Amir Temur – temuriylar renessansi bunyodkori” mavzuida Xalqaro onlayn-ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng davlat va jamoat arboblarining tabrik so‘zlariga navbat berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Xladik, Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmat Holid Elmiy, Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Junusov Ibragim Kodjonazarovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda t.f.d., prof. Senator, O‘zR FA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo so‘zga chiqdilar.

Anjumanda “Ulug‘bek akademiyasi va u erda ijod etgan olimlar faoliyati.” mavzuida  akademik, t.f.d., prof. Dilorom Yusupova; “Amir Temur – buyuk davlat arbobi” mavzuida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali; “Sohibqiron Amir Temur – millat iftihori” mavzuida Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati raisi Ikrom Hoshimjonov; “Amir Temur davrida iqtisodiy masalalar” mavzuida iqtisod.f.d. Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi Samarqand bo‘limi Qo‘ziboy Mamaraimov; “Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma. Muqaddima”sining o‘zbekcha tarjimasi xususida”  t.f.d. Omonullo Bo‘riev; “Temuriylar renessansi: kitobat va miniatyura san’ati rivoji” mavzusida t.f.d., prof. Abdumajid  Madraimov; “Amir Temur davlati diplomatiyasining “Munshaotlar”dagi in’ikosi” mavzusida Sanjar G‘ulomov, “Temur tuzuklari”  – turkiy davlatchilik tarixidagi bebaho asar” mavzusida fil.f.d., prof. Qudratilla Omonov; “Amir Temur davrida  tantana va marosimlar” mavzusida t.f.d. Ochil Bo‘riev; “Amir Temur davrida Farg‘ona vodiysi” mavzusida t.f.d. Baxridin Usmonov; “Shaxrisabzdagi Oksaroy binosining dastlabki ko‘rinishi loyihasining  animatsion taqdimoti” mavzusida arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nilufar Tuxboeva; “Temuriylar davri tadqiqotlari: davlatchilik va renessans” mavzusida t.f.n., dotsent Ozoda Rahmatullaeva; “Asqad Muxtorning “Insonga qulluq qiladurman” asarida Amir Temur siymosi” mavzuida t.f.n. Muhayyo Xamroeva ma’ruza qildilar. Anjuman yakunida ma’ruzalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +99871 232 02 12
  • E-pochta: info@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Anjuman
  • Vaqt: Aprel 9, 2021 - 11:00 - 14:00
  • O‘tkazilish joyi:Tashkent

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.