Barcha tadbirlarga qaytish

Temuriylar davri buyuk siymolari

Juma, Fevral 7, 2020

O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida 2020 yil 7 fevral kuni Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlangan «Temuriylar davrining buyuk siymolari» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Temuriylar davri ilm-fan va madaniyati”, “Ikki buyuk mutafakkir”, “Ulug‘ saltanat me’morlari”, “Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod – ma’rifat homiylari”, “Boburnoma”dagi ba’zi tarixiy ma’lumotlar haqida”, “Alisher Navoiy ijodini chet ellarda o‘rganilishi”, “Alisher Navoiy ijodida fiqh”, “Temuriylar davrida yoshlar tarbiyasi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan “Kitobxonlik viktorinasi”da g‘oliblarga kitob-risolalar berildi.

V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori Dildora Jamolovaning badiiy rahbarligida o‘quvchilarning konsert dasturi namoyish etildi, g‘azallar o‘qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +99871 232 02 10
  • E-pochta: info@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Tadbir
  • Vaqt: Fevral 7, 2020 - 14:30 - 16:00
  • O‘tkazilish joyi:Tashkent
  • Davomiyligi:90

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.