2019 yil 6 dekabr soat 1430da O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘z bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – insoniy huquqlarimiz kafolati” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda muzey direktori, olimlar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchisi va xorijiy mehmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalarda mahalliy qonunchilikning tarixiy asoslari, konstitutsiyaning tarixi, uning hozirgi kunda davlat va jamiyat qurilishidagi ahamiyati gapirib o‘tildi.


