Barcha tadbirlarga qaytish

“Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Chorshanba, Sentabr 29, 2021

Joriy yilning 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Shahrisabz shahrida “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘tib o‘tdi.  Anjumanning “Amir Temur va temuriylar davri manbashunosligi va tarixshunosligi masalalari”, “Temuriylar davri davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar”, “Temuriylar Renessansi: ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik”, “O‘zbek va jahon adabiyotida Amir Temur obrazi” deb nomlangan shoʻba yig‘ilishlarida AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Misr, O‘mon, Eron, Pokiston, Ozarbayjon kabi 14 mamlakatdan 18 nafar nufuzli mehmonlar va respublikamizning turli viloyatlarida faoliyat olib borayotgan temurshunos olimlar ishtirok etishdi.  Jumladan Temuriylar tarixi davlat muzeyining bir qator olimlari: muzey direktori, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziyev (shoʻba moderatori) “Ulug‘bek Mirzoning Chig‘atoy xukmdorlariga munosabati”, katta ilmiy xodim, tarixi fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abdumajid Madraimov “AQSH olimlari Tomas G. Lentts va Glenn D. Luari yaratgan “Amir Temur va shahzodalar qarashi” kitobi va unda AQSH olimlarining Amir Temur to‘g‘risidagi fikrlari”, katta ilmiy xodim, tarixi fanlari doktori Omonulla Bo‘riyev “Amir Temur bunyodkorligi o‘z davri mualliflari tavsifida”, katta ilmiy xodim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov «Alisher Navoiy ijodi temuriylar madaniy yuksalishining ko‘zgusi sifatida», katta ilmiy xodim, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Raxmatullayeva “Mustaqillik yillarida Amir Temur tarixshunosligi: natija va xulosalar”, ilmiy xodim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Xayit “Kesh ummonidagi to‘rt javohir”, “Maʼanaviyat va maʼrifat” bo‘limi boshlig‘i Azizjon Sharipov “O‘zbekiston va xorijda Amir Temur tarixini o‘rganilishiga doir tadqiqotlar xususida”, ilmiy xodim Avazov Farrux “Tadqiqotlarda Abu Said Mirzo davri” mavzuidagi maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjumanda taqdim etilgan maʼruzalar mazmunidan ko‘rinib turibdiki, Amir Temur va temuriylar davrini tadqiq  qilish natijasida erishilgan ilmyi yangiliklar faqat mamlakatimiz emas, balki jahon miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Turi:
  • Vaqt: Sentabr 29, 2021 - 16:00 - 20:00
  • O‘tkazilish joyi:Shahrisabz

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.