Barcha tadbirlarga qaytish

“Temur tuzuklarida davlat va jamiyat qurilishiga doir masalalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

Payshanba, Iyul 4, 2019

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan 2017 yil 5 aprel kuni soat 1100da muzeyning Kichik majlislar zalida O‘zFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda “Temur tuzuklarida davlat va jamiyat qurilishiga doir masalalar” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda talaba yoshlarga ToshDShI t.f.d., professori M.Ishoqov – “Temur tuzuklari” – davlatchilik tarixiga oid muhim manba, Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash” bo‘limi mudiri t.f.d., professor A.Madraimov – “Temuriylar davri tasviriy san’atining jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi”, Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi mudiri, t.f.n., I. Jamolhoji – “Amir Temurning ma’naviy hayotga e’tibori”, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali o‘qituvchisi, t.f.n., dotsent B.Farmonova – “Temur tuzuklari”da ijtimoiy-siyosiy qarashlar” nomli ma’ruzalar qildilar.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi lektori A.Mutaliyev slaydlar orqali ma’ruzalar matnidagi fotosuratlarni namoyish qildi.

Bo‘lim xodimlari seminarning tashkiliy ishlarida faol qatnashdilar.

Seminar yakunida muhokama va munozaralar bo‘ldi, so‘ng mehmonlarni muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +998 71 232 02 08
  • E-pochta: temurid@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Seminar
  • Vaqt: Iyul 4, 2019 - 00:00 - 20:00
  • O‘tkazilish joyi:100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 1
  • Davomiyligi:300 Minutes (approximately)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.