Barcha tadbirlarga qaytish

“Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

Dushanba, Aprel 1, 2019

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi Vatan va millat timsoliga aylandi. Bugun Amir Temur va Temuriylar siymosi bashariyat oldidagi o‘lmas xizmatlarini ma’rifatli, jahon ilm ahli munosib baholab kelmoqda.

2017 yil 6 aprel payshanba kuni soat 1000da O‘zR Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda muzeyning kichik majlislar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zR FA vitse-prezidenti B.Abduhalimov, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X. Fayziyev,  Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi N.Habibullayev, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti direktori N.Muhamedov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Yalpi majlisda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori, fil.f.d. Q. Sodiqov “Temuriylar zamonida ko‘chirilgan “Me’rojnoma” asarining turkiy versiyasi”, Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori, arxitek. f.d. Sh.Askarov “Insoni komil” v miniatyure i arxitekture Temuridov”, Toshkent islom universiteti prorektori professor, fil.f.d. Z.Islomov “Sharq allomalari ensiklopediyasi: Temuriylar davri”, Kamoliddin Bexzad nomidagi san’at va dizayn instituti prof., san’atshunoslik f.n. Z.Raximova “Dospexi i konskoye snaryajeniye epoxi Timura i Timuridov po dannыm miniatyurnoy jivopisi”, Toshkent arxitektura-qurilish instituti xodimi N.Tuxboyeva “Shaxrisabz va Oq-saroyning rejaviy tizimiga oid ba’zi masalalar” mavzusida ma’ruzalar qildilar.

Konferensiya 3 ta sho‘’bada o‘z ishini davom ettirdi. I sho‘’ba: “Temuriylar davri yozma yodgorliklari: manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari”, II sho‘’ba: “Temuriylar davri renessansi”, III sho‘’ba: “Temuriylar davri tarixining umumiy masalalari” nomlari bilan o‘tkazildi. Ushbu sho‘’balardagi ma’ruzalar asosan “Temuriylar davrida davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy ahamiyati”ni yoritishga xizmat qiladi.

Sho‘’balardagi ma’ruzalar Temuriylar davrini renessansi, ya’ni bu davrdagi ilm-fan, she’riyat, jumladan shoirlar, muarrixlar, moddiy yodgorliklar, tasviriy va amaliy san’at, qo‘lyozma kitobining badiiy bezagi, tomosha va musiqa san’ati va boshqalarga bag‘ishlandi.

Konferensiya yakunida ma’ruzalar bo‘yicha yakuniy muhokama va tavsiyalar eshitildi. Sho‘’ba moderatorlari va kotiblari sho‘’badagi ma’ruzalarni tasniflab berishdi. So‘zga chiqqan professor olimlar kelgusida konferensiyaning samarali olib borish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Shuningdek, dolzarb mavzularni tadqiqot darajasiga olib chiqish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida mehmonlarga muzeyning ko‘rgazma zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

  • Tashkilotchi nomi: Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • Telefon: +998 71 232 02 08
  • E-pochta: temurid@temurid.uz
  • Veb-sayt: temurid.uz
  • Turi: Anjuman
  • Vaqt: Aprel 1, 2019 - 16:00 - 22:00
  • O‘tkazilish joyi:100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 1
  • Davomiyligi:60 Minutes (approximately)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.