Barcha yangiliklarga qaytish

#Yangi_nashr 📘 TEMURIY HUKMDORLAR: SHOHRUXDAN ABUSAYIDGACHA

     Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n., dots. Xurshid Fayziyevning “Temuriy hukmdorlar: Shohruxdan Abusayidgacha” nomli monografiyasi nashr etildi.

Mazkur monografiyada 1405-yildan to 1470-yilgacha bо‘lgan davrda Temuriylar saltanatida rо‘y bergan siyosiy voqealar yoritilgan. Xususan, unda Amir Temurning kenja о‘g‘li Shohrux Mirzoning ichki va tashqi siyosiy faoliyati hamda uning vafotidan keyingi davrda saltanatda sodir bо‘lgan voqealar Ulug‘bek Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo, Abdullatif Mirzo, Abdullo Mirzo va Abusayid Mirzo faoliyatlari orqali bayon etilgan. Monografiya Temuriylar davri tarixi bilan qiziquvchilar, shuningdek, barcha kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.