🇺🇿 Temuriylar tarixi davlat muzeyi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “KONSTITUTSIYA – INSON QADRI, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔰Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi olimlari t.f.d, professor Abdumajid Madraimovning “Amir Temur va temuriylar davlat boshqaruvida adolat”, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Komiljon Sultonovning “Temur tuzuklari”da qonun ustivorligi masalasi” va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali, Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Eldor Bekmirzayevning “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – inson sha’ni, qadr qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.