Barcha yangiliklarga qaytish

✍️Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Renessans taʼlim universiteti oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandumning asosiy maqsadi davlat taʼlim andozalariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish, muzey mutaxassislarini Renessans universiteti oʻquv jarayonlariga jalb qilish, jumladan, maʼruzalar oʻqish, mahorat darslarini oʻtish; magistrlar, doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish; tarix fanining dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borishda tajriba almashish; yangi tadqiqotlarning taqdimotini, turli koʻrgazmalarni hamkorlikda oʻtkazish hamda natijalarini jamoatchilikka yetkazish; talabalarining muzeyda malakaviy amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; Temuriylar davri tarixining dolzarb masalalari, muzeyshunoslik va muzey ishi boʻyicha qoʻshma ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar oʻtkazishdan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.