2019 yilning 28 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Belarus Resbulikasi Milliy badiiy muzeyi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Imzolangan ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasida madaniyat va san’atni rivojlanishini har tomonlama targ‘ib etish va o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Shartnomada ilmiy-tadqiqotlar faoliyati doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, eksponatlarni restavrsiya qilish doirasida tajriba almashish va vaqtinchalik ko‘rgazmalarni tashkil etishga kelishildi.