2019 yil 7 oktabrda O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyondagon Majlisi Oliy raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Amir Temur va Temuriylar davri tarixi haqida hikoya qiluvchi muzey ekspozitsiyasi bilan katta qiziqish bilan tanishib chiqdilar. Tashrif so‘ngida yuqori martabali mehmon esdalik sovg‘asini topshirdi.