Barcha yangiliklarga qaytish

Konferensiya e’loni

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etilganining 23 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning 18 oktabr kuni  «TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJINI O‘RGANISH VA TARG‘IB QILISHNING UMUMBASHARIY AHAMIYATI» mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya o‘z ishini “Temuriylar davri yozma yodgorliklari: manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari”, “Davlat va jamiyat boshqaruvi: arxitektura va bunyodkorlik ishlari; harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar” hamda “Temuriylar davri renessansi: ilm-fan va madaniyat, muzeyshunoslik muammolari” mavzularidagi sho‘’balarda davom ettiradi.

Konferensiya o‘z ishini 18 oktabr, soat 9.00 Temuriylar tarixi davlat muzeyi kichik majlislar zalida boshlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 1.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.