Barcha yangiliklarga qaytish

Xitoy hukumatining Yevrosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili tashrifi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Xitoy Hukumatining Yevrosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy boshchiligidagi delegatsiya O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga rasmiy tashrif buyurdi. Ekskursiya davomida delegatsiya vakillari Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati rivoji haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar. Xitoy delegatsiya a’zolari Amir Temurning Sharq va G‘arb mamlakatlari madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mohir diplomat bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.