O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligiga bag‘ishlab «Amir Temur va Vatan tuyg‘usi» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasi, O‘zR Milliy Gvardiyasi Toshkent Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi va muzey xodimlari ishtirok etdishdi.
Tadbir davomida “Saltanat ichra Vatan”, “Buyuk ajdodlarimiz harbiy san’ati misolida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, “Temur tuzuklari”da vatanparvarlik, “Ajdodlar merosi – ibrat maktabi, g‘urur – iftixor manbai”, “Vatanimiz ardog‘idagi maktabim”, “Vatan tuyg‘usining manbasi – Vatan tarixidir” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi o‘quvchilari o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi va ular uchun muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.


