2020 yilning 25 fevral sanasida Litva Respublikasining Seyma vise-spikeri Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiya O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati bilan tanishishdi. Amir Temur davlati xaritasi va diplomatik yozishmalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.