Barcha yangiliklarga qaytish

Sohibqiron tavalludiga bag’ishlanadi! Amir Temur ko’rinishi xususida

Arab tarixchisi Ahmad Ibn Arabshoh “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Temur” nomli asarida Sohibqiron haqida shunday yozadi: 

“Amir Temur baland bo‘yli, tik qomatli, bag‘oyat kuchli va salobatli,  keng yelkali, barmoqlari to‘liq, muskullari kuchli, ovozi jarangdor edi. U zimdan qarash va ko‘z ishoralarini sezadigan, idrokli, sinchkov, har qanday ishoratdan ogoh kishi bo‘lib, yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma ishni oldindan ko‘rib-bilib turar edi. U yolg‘on-yashiqni yoqtirmas, haqiqat qanchalik achchiq bo‘lmasin, uni eshitishni yaxshi ko‘rardi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.