Barcha yangiliklarga qaytish

Sohibqiron tavalludiga bag’ishlanadi! Amir Temur haqidagi arab tilidagi bir manba

Misrlik olim Ibn Xajar al-Asqaloniy (1372-1449) 150 dan ortiq asarlar muallifidir. Uning “Kitob inba al-g‘umar bi abna il-umar” ( zamon voqealari haqida ko‘zi ojizlarga dastak) asarida  Amir Temur haqidagi maʼlumotlar ham yozib qoldirilgan. Asarning asosiy qismi 773-850 hijriy (1372-1441) yillar voqealarini o‘z ichiga oladi va 8 jilddan iborat (3000 betdan ortiq). Asarda muallif o‘zidan avval yashagan tarixchi va olimlarning maʼlumotlarini keltirib o‘tish bilan birga, bizning mintaqa tarixini hususan, o‘zi yashagan davrdagi Amir Temur haqidagi maʼlumotlarni ham yozib qoldirgan. Voqealar yillar kesimida berilgan. Amir temur haqidagi qismining o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Amir Temurning otma tomondan va ona tomondan nasabi va ularning ijtimoiy maqeʼi ham eslatib o‘tilgan.

Amir Temurning Shamsiddin Foxuriy (Kulol), Said Baraka bilan munosabatlari va ularning g‘alabalardagi ahamiyati hamda maʼnaviy rahnamoliklari, To‘xtamishxon bilan bo‘lgan janglar shiddati, Hindiston yurishi  Shom va Usmonli Turklar bilan bo‘lgan harbi xarakatlar bayon etilgan.  Amir Temurning bolalik, o‘smirlik va ulg‘ayib hukmdor bo‘lgan paytidagi shaxs sifatidagi fazilatlari batafsil tasvirlab berilgan. Amir Temur harbiy faoliyatidagi eng og‘ir jang sifatida To‘xtamishxon bilan bo‘lgan janglar yoritilgan. Hind yurishida esa qo‘llagan harbiy strategiyasi ham batafsil qayd etilgan. Asarda tanqidiy yondashuv mavjud bo‘lsada, manbashunoslik nuqtayi nazaridan qiyosiy tahliliy manba sifatidagi ahamiyatti katta.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.