Barcha yangiliklarga qaytish

ADABIY MEROSIMIZ USTUNLARI

2021 yilning 10 fevral kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti, Toshkent shahar 274-sonli umumtaʼlim o‘rta maktabi va Yoshlar media akademiyasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlangan «Adabiy merosimiz ustunlari» mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. X.T.Fayziyev tomonidan ochib berildi.

Tadbirda  “Temuriylar davri ilm-fan va madaniyati”, “Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod – maʼrifat homiylari”, “Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” asari hususida”, “Alisher Navoiy bunyodkorligi haqida yozma maʼlumotlar”, “Vatanimizning boy tarixi – milliy ruh tayanchi” mavzularida maʼruzalar tinglandi.  Shuningdek, Toshkent shahar 274-sonli umumtaʼlim o‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan saxna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilariga muzey maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.