O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmon bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda “Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021–2023 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriq va chora-tadbirlarni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida amalga oshirilishini taʼminlash, muzeyning ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligini oshirish bo‘yicha 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l haritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 19 fevral kuni muzeyda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda muzey “Ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash” bo‘limi mudiri t.f.d.,prof. A.A.Madraimovning “Temuriylar davri kitobat sanʼatini o‘rganishning baʼzi masalalari” va “Temuriylar davri moʻtabar qo‘lyozmalari hususiyatlari” mavzuidagi maʼruzalari tinglandi.