O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmon bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda “Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021–2023 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriq va chora-tadbirlarni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida amalga oshirilishini taʼminlash, muzeyning ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligini oshirish bo‘yicha 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l haritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 29 aprel kuni muzeyda zoom plaformasida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda muzey “Fondlar va arxiv” bo‘limi katta ilmiy xodimi D.Normurodovning «Arxeologik tadqiqotlar olib borish va topilmalarga ishlov berish» mavzuidagi maʼruzasi tinglandi. Maʼruzada arxeologiya obyektlari, arxeologiya yodgorliklari va arxeologiya ashyolarini o‘rganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat – arxeologiya tadqiqoti haqida so‘z bordi. Arxeologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari, arxeologik qazishmalarda qatnashish uchun avvalo arxeologik yodgorliklarni qidirib topish, qazish ishlarini olib borish, topilmalarga ishlov berish kabi usullar haqida batavsil maʼlumotlar keltirildi.



