Muzeylar har bir xalqning ilmiy-madaniy merosini ifoda etuvchi jonli tarixdir. U xalqning madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodga yetkazuvchi maskandir.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi 18 may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzey xodimlarini samimiy tabriklab, kelgusi ish faoliyatlarida, hayot yo‘llarida muvafaqqiyatlar, sog‘lik va salomatlik tilab qoladi.