2021 yil 3 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senatining Raisi Maulen Ashimbayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham bo‘lishdi. Mehmonlar Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiya va noyob eksponatlar bilan tanishdilar.