Barcha yangiliklarga qaytish

Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimlari taqdirlandi

Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bular orasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ekpozitsiya va ko‘rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash” bo‘limi mudiri t.f.d., professor Madraimov Abdumajid Abduraimovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni,  “Fondlar va arxiv” bo‘limi mudiri Xolova Nargis Abduraxmanovna va “Ekskursiyalar” bo‘limi mudiri Azizova Dilnoza Salaxitdinovna «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni  bilan taqdirlandilar. Vatanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib, “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” faoliyatida samarali mehnat qilayotgan ushbu xodimlarimiz biz uchun faxrdir. Ularni yana bir bor yuksak eʼtirof bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz. 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.