Barcha yangiliklarga qaytish

“Navoiyni anglash sari” deb nomlangan to‘plam Turkiyaning Anqara shahrida chop etildi

Joriy yil yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Alisher Navoiyga oid tadqiqotlar sarhisobi o‘rinli. Yaqinda navoiyshunos olim, Temuriylar tarixi davlat muzey katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinovning Navoiy ijodiga oid o‘zbek tilidagi maqolalari to‘plami Turkiyaning Anqara shahrida chop etildi. To‘plam Alisher Navoiy hayoti, ijodi, faoliyati va Temuriylar adabiy muhitidagi o‘rni haqida bo‘lib, ilmiy, ilmiy-ommabop maqola va adib ijodiga oid materiallardan iborat. Maqolalar Alisher Navoiy ijodini zamonamiz kitobxonlari tushunishi, anglashi va qabul qilishi; shoir ijodidagi ijtimoiy muhit bilan munosabat; navoiyshunoslik tarixi va navoiyshunos olimlar; Navoiy asarlarining qo‘lyozmadagi hayoti; Navoiyning keyingi davr o‘zbek mumtoz adabiyoti va Usmonlilar adabiyotiga ta’siri kabi masalalarga bag‘ishlangan.

Erkinov A. Navoiyni anglash sari. – Ankara: Akçağ, 2021. – 466 bet. 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.