2022 yilning 28 yanvar kuni O‘zbkiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga o‘rganish uchun Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Ravot qishlog‘ida yashovchi Doston Eshmurodov o‘zi yashaydigan qishloqda dehqonchilik qilayotganda topib olgan 21 dona mis tangalarni, 1 dona mitti mis qoshiqchani va 1 dona misdan yasalgan noma’lum buyumning sinig‘ini keltirib topshirdi. O‘rganish jarayonida ular kimyoviy moddalar yordamida zangdan tozalanilganligi, bu harakat noto‘g‘ri amalga oshirilganligi tufayli ularga katta zarar etkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Keltirilgan ashyolar qaytadan zang va ularga yopishib qolgan kimyoviy moddalardan qayta tozalangandan so‘ng, tangalardan 6 donasiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmadi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra aniqlangan tangalar X va XIV–XVI asrlar Buxoro va Samarqandda zarb qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Dilmurod Normurodov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, Tarix instituti bo‘lim boshlig‘i, PhD.