Barcha yangiliklarga qaytish

“SULTON ABUSAYID MIRZO” RISOLASI NASHR ETILDI

O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan Turg‘un Fayziyev va Xurshid Fayziyev muallifligida “Sulton Abusayid Mirzo” risolasi nashr etildi. Risolada Amir Temur avlodi bo‘lgan Sulton Abusayid Mirzoning ilk siyosiy faoliyati, Samarqand uchun Abdullo Mirzo bilan kurashi, Abulhayrxon va Mo‘g‘uliston hukmdori bilan olib borgan siyosiy munosabatlari, Xuroson, G‘arbiy Eron va Ozarbayjon mintaqasi masalasida Abulqosim Bobur Mirzo, Ibrohim Sulton Mirzo, Jahonshoh qoraquyunli, Hasanbek oqquyunli bilan olib borgan harbiy, siyosiy va diplomatik aloqalari haqida ma’lumot beriladi. Risola Temuriylar davri tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Nashr yili:  2022

Sahifa:  46

Tili: o‘zbek (kiril)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.