Joriy yilning 30 noyabrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Respublika yosh tomoshabinlar teatri va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida “Ma’naviyatimiz yulduzlari” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-261-son qarorida belgilangan “Muzeylarda hamda madaniy meros obyektlarida tariximiz va madaniyatimiz to‘g‘risida tarixiy sahna ko‘rinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni o‘tkazish” vazifasiga ko‘ra Respublika yosh tomoshabinlar teatri tomonidan “Alisher Navoiy va Sulton Husayin” spektakli namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda beqiyos ahamiyatga ega.