Barcha yangiliklarga qaytish

Oriental Universiteti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘rtasida ANGLASHUV MEMORANDUMI imzolandi

Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan m’anaviy-m’arifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasi Oriental Universiteti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad Oriental universitet talabalarining Temuriylar tarixi davlat muzeyida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzey eksponatlarini keng o’rganish, talabalarning malakaviy bitiruv ishlarini muzey materiallari asosida yoritilishida amaliy ishlarni tashkil etish, Amir Temur va Temuriylar davri tarixining dolzarb masalalari, muzeyshunoslik va muzey ishi bo’yicha qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, kitoblar, tadqiqot ishlari, davriy nashrlar va boshqalarni chop etishni yo‘lga qo‘yish, muzeyshunoslik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlarda tajriba almashish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.