Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedov bilan badiiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi

2023 yilning 17 mart kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 maydagi PQ-261 sonli qaroriga ko‘ra “2022–2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalq ustasi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedov bilan badiiy uchrashuv va uning shogirdlari ishtirokida zargarlik san’ati bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida muzeyga tashrif buyurgan o‘quvchilar, talabalar va xorijlik sayyohlar o‘zlari taqinchoq yasab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu milliy taqinchoqlarni yasash texnikasi ayniqsa xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

Maxorat darsi bejizga Temuriylar tarixi davlat muzeyida tashkil etilmadi. Ma’lumki, bugungi kunda horij muzeylarida Temuriylar davriga oid ko‘plab moddiy va ma’naviy boyliklarimiz saqlanib kelinmoqda. Xususan Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyida Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshox uchun hamda Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshod begim uchun yasalgan uzuk-muxrlarni misol qilishimiz mumkin. Xalqimiz ana shunday boy merosimizdan baharamand bo‘lishi uchun bu noyob uzuk-muxrlarning nushalari muzey ekspozitsiyasida namoyish etilgan. Fasixitdin Dadamuxamedov tomonidan Ermitaj muzeyiga safar uyushtirilib, ushbu uzuk-muxr o‘rganilgan va o‘zbek xalqi bahraman bo‘lishi uchun ularning nusxalari yasalgan. Badiiy uchrashuvda Fasixitdin Dadamuxamedov Ermitaj muzeyiga uyushtirgan safari, uzuk-muxrning asl nusxalari, uning yasalish jarayoni qanday kechganligi va bugungi kundagi faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.