Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston va Eron hamdo‘stligi tuhfasi

🇺🇿 🇮🇷 O‘zbekiston va Eron xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar uzoq tarixga ega. Yangi O‘zbekiston davrida O‘zbekiston hukumatining ichki va tashqi siyosatidagi yangi strategiya fonida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari ko‘zga tashlanmoqda. Buning yorqin misoli sifatida Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan Kurush deklaratsiyasi (Eron shohi Buyuk Kurush tomonidan qabul qilingan inson huquqlari deklaratsiyasi) hamda Arjom kosasi nusxalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sovg‘a qilindi.

Ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyi Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.