Joriy yilning 6 dekabrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Perfect University Higher education» nodavlat oliy ta’lim muassasasi va O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida O‘zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – adolat mezoni, inson huquq va erkinliklari kafolati» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari nomzodi Xurshid Turg‘unovich Fayziyev ва Perfekt universiteti rektori geografiya fanlari doktori Doniyor Mannopjanovich Turg‘unovning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi.
Tadbir davomida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayitning ““Temur tuzuklari” – jahonning ilk konstitutsiyalaridan biri”, Perfekt universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, siyosiy fanlar nomzodi Ulug‘bek Muxammadiyevning “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – inson huquq va erkinliklari kafolati”, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi Komiljon Sultonovning “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya –inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri tomonidan sahnalashtirilgan “SHIROQ AFSONASI” spektakli va Perfekt universiteti talabalarining tomonidan sahnalashtirilgan “Konstitutsiya talablariga og‘ishmay amal qilaylik” spektakllari namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.