Barcha yangiliklarga qaytish

MILLIY ARMIYAMIZ – G‘URURIMIZ, FAXRIMIZ!

Joriy iylning 10 yanvar kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti va “Alfraganus University” oliy ta’lim muassasasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n. Xurshid Fayziyev va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti kafedra boshlig‘i, polkovnik O‘ktam O‘rinovning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi.

Tadbirda f.f.d., prof. Hamidullo Dadaboyevning “Amir Temurning yurt ozodligi va obodligi yo‘lidagi kurash tamoyillari”, t.f.d., prof. Abdumajid Madraimovning “Temuriylar davri manbalarida vatanparvarlik mavzusi” va (PhD) Mansur Sherovning “Sohibqiron Amir Temur harbiy merosi – Vatan himoyasi ramzi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir so‘nggida talabalar uchun muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.