Joriy yilning 17-may kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab “Muzeylar konglomerati: tamaddun va mukammallik sari” mavzusidagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n. X.Fayziyev va MRDI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor t.f.d. D.Qurbonovaning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi.
Seminar “Muzeyshunoslik” qo‘shma kafedrasining innovatsion hamkorlik shartnomalari asosidagi fan va ta’lim integratsiyasi negizida tashkil etilib unda muzey ilmiy xodimlari va institutning “Muzeyshunoslik” kafedrasi professor, o‘qituvchi, tayanch va mustaqil tadqiqotchilarning “Xalqaro kо‘rgazmalarni tashkillashtirishda muzey predmetlari upakovkasi va transportirovkasi”, “Muzey merchandayzingi: kommunikativ yechim va istiqbollar”, “Marina Svetayeva uy-muzeyi – adabiy merosni muzeylashtirish namunasi sifatida”, “Palov, plov, pilav – no’anaviy nomoddiy meros ???”, “Qо‘lyozma kitoblarning kompleks restavratsiyasi: Sharqshunoslik instituti restavratsiya bо‘limi tajribasi” hamda Muzey menejmenti va madaniy turizm va Muzey predmetlari ekspertizatsiyasi, konservatsiya va ta’mirlash yо‘nalishda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning “The Met: Retrospective”, “Fenomen Luvr”, “The film”, “Del Prado”, “London: WC1B3DG”, “Tate Modern: without vacuum” kabi ilmiy ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir sо‘ngida eng qiziqarli ma’ruza bilan ishtirok etgan talabalarga О‘zbekistonda hizmat kо‘rsat madaniyat xodimi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, adib Tо‘lqin Xayit tomonidan badiiy kitoblar taqdim etildi.
18-may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirlar doirasida MRDI o‘qituvchisi Suxrob Qayumovning “Rangtasvir” yo’nalishi bo’yicha mahorat darsi bо‘lib etildi. Suxrob Qayumov muzeyga tashrif buyurgan tomoshabinlar orasida tasviriy san’atga qiziquvchi yosh iste’dodli o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib, shu soha bo‘yicha har xil uslubda ishlash metodlarini o‘rgatdi.