Barcha yangiliklarga qaytish

BUYUK SOHIBQIRONGA EHTIROM

Sohibqiron Amir Temur davlatchiligimiz tarixida о‘zining ulug‘ xizmatlari bilan о‘chmas iz qoldirdi. Amir Temur adolatli amir, ilm-fanga homiy hukmdor, mohir sarkarda bо‘lishi bilan birgalikda, murakkab davrda mustaqil, markazlashgan davlat qura olgan buyuk bunyodkor shaxs hamdir. Amir Temur va Temuriylar davrida Vatanimiz tarixi,  Insoniyat tamadduni moddiy va ma’naviy madaniyati sahifasida ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, she’riyat yuksak darajada taraqqiy etdi. Bu esa о‘z navbatida “Temuriylar Renessansi” deb atalishiga sabab bо‘ldi. Amir Temur о‘z avlodlariga nafaqat katta saltanatni, ayni vaqtda yaxshi ananalarni ham meros qoldirdi. Barcha Temuriylar Amir Temurning obodonchilik, mamlakatni adolat bilan boshqarish, madaniyat, sanat, ilm-fan sohalaridagi ishlarini davom ettirdilar.

 Dunyoda bugun Amir Temur va Temuriylar merosini о‘rganish bо‘yicha G‘arb va Sharq tillarida mingdan ortiq kitoblar, dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etilgan va bu davrni о‘rganish bо‘yicha kо‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 9-aprel kuni О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahar hokimiyati, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, О‘zR Mudofaa vazirligi va V. Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bilan hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk Sohibqironga ehtirom” nomli turkum tadbirlar о‘tkazildi.

Poytaxtimiz markaziy maydoni – Amir Temur xiyobonida davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari hamda talaba-yoshlar ishtirokida tantanali yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Mehmonlar tomonidan ulug‘ Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qо‘yildi.

Shundan sо‘ng, yig‘ilganlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti huzuridagi “Turon” harbiy teatri, О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari  Markaziy ashula va raqs ansambli hamda V. Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi о‘quvchilarining musiqiy-badiiy chiqishlari mehmonlarga havola etildi.

Tadbir davomida tomoshabinlar muzeyda tashkil etilgan “Tasviriy san’atda Temuriylar davri ayollari siymosi” nomli yangi kо‘rgazma bilan ham yaqindan tanishdilar.

 Muzeyning konferensiyalar zalida Toshkent Perfekt universiteti bilan hamkorlikda “Temuriylar renessansi: tarix, tadqiqotlar va muammolar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘z ishini boshladi. Anjumanni О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n X.T.Fayziyev va  Toshkent Perfekt universiteti rektori D.I. Ilesaliyev kirish sо‘zi bilan ochib berishdi. Anjumanda О‘zbekistonning taniqli temurshunos olimlari bilan bir qatorda xorijlik tadqiqotchilarning ham maruzalari tinglandi.

Kun davomida muzeyda  “Ochiq eshiklar kuni” о‘tkazildi va tomoshabinlarga muzey ekspozitsiya zallari bо‘ylab sayohatlar uyushtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.