Barcha yangiliklarga qaytish

Temuriylar tarixi davlat muzeyida ochilgan kо‘rgazmada Bibixonimga tegishli munchoq namoyishga qо‘yildi

Qadimdan Sharqning ayollari o‘zining go‘zalligi, donoligi va jamiyatdagi o‘rni bilan boshqa xalq ayollaridan tubdan farq qilgan. Xususan, XIV-XVI asrlarda Amir Temur va Temuriylar davri malikalari jamiyatda ilmi, aql-zakovati, donishmandligi, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, davlat boshqaruvi, diplomatiya va me’morchilik ishlarida faol ishtiroki, ilm-fan, madaniyat hamda san’at taraqqiyotidagi o‘rni bilan alohida ahamiyat kasb etishgan.

Мuzeyda ochilgan “Tasviriy san’atda temuriylar davri ayollari siymosi” ko‘rgazmasida Amir Temur va Temuriylar davrida ayollar obrazi aks etgan mo‘jaz miniatyuralar, XXI asr rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar, XIX-XX asrlarga oid ayollar taqinchoqlari va eng asosiysi muzeyning noyob ekspontlaridan biri hisoblangan Bibixonimga tegishli munchoq o‘rin olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.