Turkiyaning Izmir shahrida о‘tkazilgan “Temuriylar davrida til, adabiyot, tarix va madaniyat rivoji” Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Ege universiteti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur anjumanda Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev va muzey bo‘lim mudiri Azizjon Sharipovlar ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi durdonalari” foto ko‘rgazma namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjuman doirasida muzey direktori Xurshid Fayziyev Ege universiteti rektori professor Necdet Budak, professor Mehmet Ersan, temurshunos olimlar Ismoil Aka, Mustafa Dash va Juneyt Kanatlar bilan uchrashdi. Ushbu tashrif davomida universitet va Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.