Barcha yangiliklarga qaytish

KELAJAK MUZEYLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida “Kelajak muzeylari: muammo va yechimlar” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.  

📝Seminarda muzey ilmiy xodimlari, institut o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar muzeyshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminar Temuriylar  tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n Xurshid Fayziyev va muzey ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Surayyo Uljabayevaning kirish  so‘zlari bilan ochib berildi.

Seminarda s.f.f.d (PhD) MRDI Muzeyshunoslik kafedrasi dosenti Nargiza Xasanovaning “XXI asrda muzeyshunoslik metodologiyasi: tarixiy va badiiy integratsion  asoslar kesimida”, kafedra o‘qituvchisi s.f.f.d (PhD) Nigora Yadgarovaning “Toshkent modernizmi O‘zbekiston davlat san’at muzeyida”, O’zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bosh mutaxassisi Dilobar Mirxusanovaning “Toshkent uy-muzeylari faoliyatini takomillashtirish masalalari”, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bо‘lim mudiri PhD. Shaxnoza Miraliyevaning “Muzeylarda inklyuziv muhit yaratishning  jahon tajribasi”, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi mustaqil tadqiqotchisi Risolat Murodovaning “Jahon muzeylar ekspozitsiyasida noodatiy botanika kolleksiyalari”, MRDI Muzeyshunoslik kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Komiljon Yunusovning  “Temuriylar tarixi davlat muzeyining me’moriy-konsepsiyaviy asoslari”, shuningdek institutning bakalavr boqichida taxsil olayotgan bir qator talabalarning qiziqarli ma’ruzalari tinglandi.

 

Tadbir davomida muzeyning katta ilmiy xodimi t.f.d., professor Abdumajid Madraimov muzeyshunoslarning mashshaqatli kasblarida ularga ulkan zafarlar tilab, kelgusida muzeyshunoslik sohasini yanada rivojlanishi uchun o‘zlarining qimmatli tavsiyalarini bildirdilar.

  Tadbir sо‘nggida seminar ishtirokchilari muzeyda 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati  bilan tashkil etilgan O‘zbeksiton “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Gulnora Azimovaning “Zardo‘zlik” yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darsi va shaxsiy ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.