O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan Turkmaniston Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat madaniyat markazi davlat muzeyi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Tashrif doirasida «Ko‘ksaroy» qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan jami 19 ta bitimlar imzolandi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan Turkmaniston Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat madaniyat markazi davlat muzeyi o‘rtasida Anglashuv memorandumi ham imzolandi.