🇺🇿 🇲🇳 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akalemiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Mo‘g‘uliston Chingizxon Milliy muzeyi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi
Anglashuv Memorandumidan kо‘zlangan maqsad moddiy va nomoddiy meros bo‘yicha fundamental va ixtisoslashtirilgan tadqiqotlarni tashkil etish, tarixiy-madaniy meros va muzey ashyolarini muhofaza hamda restavratsiya qilish sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ikki davlat tajribasi bilan yaqindan tanishish va mutaxassislar almashinuviga ko‘maklashish, ilmiy ekspeditsiyalar, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish orqali bilim va ma’lumotlarni almashishdan iboratdir.