Jori yilning 28-29-aprel kunlari Istanbulda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Istanbul universiteti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida “Markaziy osiyoga oid qadimiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumandan sо‘ng Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyatining bosh kotib oʻrinbosari Mirvohid Azimov bilan uchrashdi.
Tashrif davomida Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida Turkiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi ishlarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida yaratilgan kitoblarni nashr qilish, Turkiy davlatlar oʻrtasida muzey xodimlari almashinuvini keng yoʻlga qoʻyish borasidagi masalalar muhokama qilindi.