Barcha yangiliklarga qaytish

📚 «BOBUR – ADABIYOTSHUNOS» NOMLI MONOGRAFIYA NASHR ETILDI

Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmira Hazratqulovaning «Bobur – adabiyotshunos» nomli monografiyasi nashr etildi.

Ushbu monografiyada  Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi adabiy muhit, ijodiy portretlar, janr va uslub, adabiy tanqidchilikning tarixiy ildizlari haqida, shu jumladan, temuriylar davri madaniy muhitining Hirot, Samarqand shaharlari misolida  taraqqiy etishiga doir ilmiy izlanishlar aks ettirilgan. Monografiya temuriylar davri adabiyoti bilan qiziquvchi ixlosmandlar, filologiya fakulteti talabalari va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.