Barcha yangiliklarga qaytish

Sohibqiron tavalludiga bag’ishlanadi! Sulton  Iskandar  Sheroziyning mashhur tuyuqi

Umarshayx Mirzoning uchinchi o‘g‘li. Onasi Mulkat oqa begimdir. 1384-1415-yillarda yashagan.

Amir Temur bobosi uni juda eʼzozlagan. 1403-yilda Hamadon viloyatining hokimi etib tayinlashi bunga misoldir. 1410-yilda  akasi  Pir Muhammad Mirzo Sheroziy Duchoha mavzeʼida amir Xoja Husayn tomonidan qatl etilgach, voris sifatida uning  o‘rniga taxtga o‘tirdi. Sulton Iskandar Sheroziy deb atalashi  shundan kelib chiqqan. U tez orada Iroq va Shom viloyatiga qoyim bo‘lib, xutbani o‘z nomiga o‘qitgan.

Uning adabiyotga, sanʼatga oshufta inson bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan, xususan, hazratimiz  Alisher Navoiyning  yozishicha,“Sulton Iskandarni derlarkim, taʼbi nazm erdi. Va bu tuyuqni andin naql qilurlar…”.

To‘lun oyg‘a nisbat ettim yorumi,

Ul xijolatdin kam o‘ldi yorumi.

Tori mo‘yungning zakotin men  beray,

Yo Misrni, yo Halbni yo Rumi.

To’lqin Hayit

Surat Sulton Iskandar Sheroziy to’lenomasi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.